24.04.2024 11:20

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq erkaklar – 60 yoshga, ayollar – 55 yoshga toʻlganda va mehnat staji kamida 7 yil boʻlganda toʻliqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qoʻyilgan.

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

Shunda 7 yil davomida har yili Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlovini amalga oshirgan shaxs kelgusida pensiya olish huquqiga ega boʻladi.

Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bogʻliq.

Oʻzini oʻzi band qilishga ko‘p vaqt va mablag‘ sarflanmaydi. Ushbu xizmatdan foydalanish bir qancha imkoniyatlarni taqdim etadi. 

Ushbu tartib bilan videoqo‘llanmada tanishing: 

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?