Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

Yangiliklar

Oʻzbekiston bayrogʻi – gʻururimiz ramzidir!

Millat bayrogʻi – shunchaki mato boʻlagi yoki kichik bir timsol emas, u gʻururimiz, hamjihatligimiz, farovon kelajakka intilishimiz ramzidir. Unda boy tariximiz, madaniyatimiz va anʼanalarimiz mujassam.

18.11.2024 09:00

📱 Bolani maktabdan maktabga onlayn koʻchirish mumkin

👨‍🏫Maktablarda kuzgi ta'til davom etmoqda. Turli sabablar bilan farzandini boshqa maktabga ko’chirish istagida bo’lgan ota-onalar bu jarayonni ayni ta'til vaqtida, II chorak darslari boshlanmasidan hal qilishni rejalashtirishadi.

05.11.2024 09:55

Ko'chmas mulkga oid yangiliklardan xabardormisiz❗️

🏠 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) e'lon qilindi hamda mazkur Qonunga asosan fuqarolar hech qayerga murojaat qilmagan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga bo'lgan huqularni e'tirof etishlari mumkin. Bunda, Kadastr agentligi xodimlari va ishchi guruh tasdiqlangan reja grafikka asosan fuqaroni uyiga o'zlari kelishadi. Bu jarayonlar joriy yilning 5-noyabridan boshlanadi.

31.10.2024 09:40

❗️Ota-onalar uchun ajoyib qulaylik! 

📱Endilikda my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin. 

04.11.2024 09:20

📣Eʼlon!

⚙️ Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan joriy yilning 5-noyabr kuni soat 23:50gacha texnik-profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz orqali chiqindi xizmati uchun shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olish va abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zgartirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar kuzatilishini mumkin.

01.11.2024 09:05

✅ Iltimos, qisqa so‘rovnomani to‘ldiring

Hurmatli foydalanuvchilar! Sizlarni qisqa so‘rovnomani to‘ldirishga taklif qilamiz va bizga ilovamizni siz uchun yanada qulay va foydali qilishda yordam berishingizni so‘raymiz!

30.10.2024 14:00

⚡️ Talabgorlarga qulaylik!

🟡 Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/914) portali orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin. (https://my.gov.uz/oz/service/914)

22.10.2024 09:00

⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🧑‍💻 2024-yil 14-oktabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz portali orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 20-oktabr 23:59 ga qadar davom etadi.

16.10.2024 09:40

🏆My.gov.uz ikki yo‘nalishda TAF!2024 tanlovi sovrindori bo‘ldi

✅TAF!2024 doirasidagi “2024-yil reklamasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi. 🎉My.gov.uz jamoasi tanlovning ikki yo‘nalishida — “2024-yil sayti” hamda “2024-yilgi mobil ilova” nominatsiyalarida sovrindor bo‘ldi. 📱Shunday qilib, yagona portal ushbu tanlovning ikki bronzasini qo‘lga kiritdi!

14.10.2024 09:30

📣 E'lon!

⚙️ Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining "Yagona milliy mehnat tizimi"da navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan Yagona portalda talabgorlarning mehnat faoliyati ma'lumotlari bilan tanishishda va mehnat sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

14.10.2024 12:05

❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklab, oʻzgalar nomingizga kredit rasmiylashtirishining oldini oling!

📱 Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

10.10.2024 11:25

E'lon❗️

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona billing tizimida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalidagi pullik xizmatlardan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

07.10.2024 12:15