Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

31.10.2024 09:40

Ko'chmas mulkga oid yangiliklardan xabardormisiz❗️

🏠 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni  (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) e'lon qilindi hamda mazkur Qonunga asosan fuqarolar hech qayerga murojaat qilmagan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga bo'lgan huqularni e'tirof etishlari mumkin. Bunda, Kadastr agentligi xodimlari va ishchi guruh tasdiqlangan reja grafikka asosan fuqaroni uyiga o'zlari kelishadi. Bu jarayonlar joriy yilning 5-noyabridan boshlanadi.

📱 Bu jarayonda sizga kerak bo'ladigan hujjatlarni  my.gov.uz portali yordamida masofadan turib olishingiz mumkin. 

👉 Jumladan:

⏺Mulkdorga tegishli ko'chmas mulk ma’lumotlarini:

🧑‍💻 Fuqaro o'ziga tegishli bo'lgan Kadastr pasporti va mulk huquqi ma'lumotlarini shaxsiy kabinetdagi "Ko'chmas mulk obyektlari" bo'limidan yuklab olishlari mumkin.

🟡 Doimiy ro‘yxatda turgan yashash joyi hamda uning mulkdori haqidagi ma'lumotlarini  my.gov.uz portali shaxsiy kabinetdagi “Doimiy ro'yxat ma'lumoti” bo'limidan tekshirib olishlari mumkin.

Ko'chmas mulkga oid yangiliklardan xabardormisiz❗️