03.04.2024 15:40

Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

Bunda talabgor o‘z xohishiga ko‘ra, online yoki ofline ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega. Malaka oshirish uchun to‘lov undirilmaydi.

Ta’lim yo‘nalishlari quyidagilar: 

  • Baliqchilik;
  • Bog‘dorchilik va uzumchilik;
  • Chorvachilik;
  • Gulchilik;
  • Issiqxona xo‘jaligi;
  • Parrandachilik;
  • Sabzavot va polizchilik;
  • Urug‘chilik va ko‘chatchilik.

Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlarga sertifikatlar beriladi. 

Eslatib o‘tamiz! 

Ushbu sertifikatga ega fuqarolarga e-auksion platformasi orqali qishloq xo’jaligidan yer sotib olishda 3 ballik imtiyoz belgilangan. 

Tegishli xizmat Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan koʻrsatiladi.

Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?