11.03.2024 09:50

Endilikda pedagogik faoliyatni boshlayotgan kadrlar kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma'lumotli kadrlar 1 yil ichida kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi.

Mazkur talabdan kelib chiqib My.gov.uz portalida "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmati ishga tushirildi.

Bu turdagi sertifikatlash jarayoni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Kasbiy sertifikat — nazorat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxsga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi QR-kod qo‘yilgan davlat namunasidagi hujjatdir.

Sertifikat cheklanmagan muddatga beriladi.

Nazorat sinovida birinchi marta ishtirok etish bepul. 

Qayta ishtirok etishga My.gov.uz orqali ariza berishda 10 foiz chegirma bilan 306 000 so'm (0,9 BHM) to‘lanadi.

Eslatma: Kasbiy sertifikat olingandan so'ng pedagogik faoliyatda besh va undan ko‘p yil uzilishlar bo‘lsa, faoliyatni qayta boshlagan vaqtdan bir yil muddat ichida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Endilikda pedagogik faoliyatni boshlayotgan kadrlar kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi