12.02.2024 22:30

Yana bir yangi xizmat!

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun My.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin. Buning uchun to‘lov undirilmaydi. 

Qo‘riqlash xizmatlari esa shartnomada keltirilgan shartlar asosida ko‘rsatiladi. Ariza beruvchi qo‘riqlash turlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlaydi. 

Qo‘riqlash turlari quyidagilarga bo‘linadi: 

- signalizatsiya vositalari orqali;
- tashvish tugmalari orqali;
- saf bo‘linmalari orqali.

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi  tomonidan koʻrsatiladi.

Uy-joyingiz hamda ko‘chmas mulkingizni asrash uchun ushbu xizmatdan foydalaning!

Yana bir yangi xizmat!