Farzand dunyoga kelganidan so‘ng 3 yoshgacha

Homiladorlik va farzand parvarishi taʼtili

Homiladorlik taʼtili ayollarga tug‘ishgacha 70 kun va tug‘ishdan keyin 56 (asoratli yoki ko‘p homiladorlik holatlarida 70 kun) dam olishni taʼminlaydi. Bu vaqt ichida ish joyi saqlanadi. Taʼtil ish stajida hisobga olinadi, lekin 6 yildan ortiq emas. (O‘zR MK 404-modda)

Ikki va uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun farzand parvarishi taʼtili

Homiladorlik va farzand parvarishi taʼtili tugagach, onaning xohishiga binoan, farzand 2 yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu davr uchun nafaqa to‘langan holda taʼtil beriladi. Ayolning iltimosiga binoan farzand 3 yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish uchun haq to‘lanmaydigan qo‘shimcha taʼtil ham beriladi (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, 405-modda).

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda homilador ayollar uchun kafolatlar

Homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini tashkilotning tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tugatilgan hollar bundan mustasno (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, 405-modda)