1. Talabnoma beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YAIDXP orqali talabnoma beradi
2. Talabnoma berish uchun patent boji to‘lovini amalga oshiradi
3. Adliya vazirligi talabnomani qabul qilib, uning raqami, sanasi ko‘rsatilgan xabarnomani talabnoma beruvchiga yuboradi.
4. Adliya vazirligi talabnoma haqidagi maʼlumotlarni o‘z axborot tizimiga barcha ko‘rishi mumkin bo‘lgan tarzda joylashtiradi.
5. "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi talabnomaning ekspertizasini amalga oshiradi. Ekspertiza natijasi bo‘yicha geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki undan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida qarorni qabul qiladi va talabnoma beruvchiga yuboradi.
6. Talabnoma beruvchi geografik ko‘rsatkichni va (yoki) geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish, muhofaza hujjatini berish, eʼlon qilish va muhofaza hujjatining amal qilish muddati uchun patent bojini to‘laydi.
TEMURBEK F.
o'tgan yil
alo
Sharh sizga foydali bo'ldimi?