Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

icon

Tadbirkorlik subyektlarini qayta ro'yxatdan o'tkazish

1 daqiqa

ariza qoldirish uchun yetarli

Tadbirkorlik subyekti faoliyatida uning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli hamda mulkka nisbatan egalik shakllari o'zgargan hollarda tashkilotni qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun zaruriy hujjatlar taqdim qilinadi. Tadbirkorlik faoliyatini qayta davlat ro'yxatidan o'tkazish o'rnatilgan tartib asosida amalga oshiriladi.

BHMning 1 baravari

T/r

Tadbirkorlik faoliyati shakllarining nomi

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning belgilangan muddatlari

I. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

1.

Yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan dehqon xo‘jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati subyektlari

real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

2.

Tadbirkorlik faoliyatining boshqa shakllari

real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

II. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazish

3.

Dehqon xo‘jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati subyektlari boshlig‘i o‘zgarganda

real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

4.

Ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda

16 ish soatidan oshmagan vaqtda

5.

Ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga (ta’sis hujjatlariga) kiritilayotgan boshqa o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritilganda

real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;

davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;

topshirish dalolatnomasi — qo‘shib yuborilganda va qayta tuzilganda;

taqsimlash balansi — ajratib chiqarishda;

tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to‘g‘risidagi hujjat — ustav fondi miqdori oshirilganda;

tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida bankning ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;

ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak.

Yuridik va jismoniy shaxslar

+998 (71) 207-00-66

Call markaz: 1148

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

1. Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi

2. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi so‘rovnomani va unga biriktirillgan ilovalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi, tadbirkorlik subyektini qayta ro‘yxatdan o‘tkazadi so‘ng ma’lumotlarni YAIDXP orqali yuboriladi

Baho va sharhlar

Sharhlar soni: 2

MURODJON M.

3 oy oldin

Sharh sizga foydali bo'ldimi?

Foydali (0)
Foydasiz (0)

NURIDDIN Z.

o'tgan yil

...

Sharh sizga foydali bo'ldimi?

Foydali (0)
Foydasiz (0)