1) Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;
2) Yoshlar ishlari agentligi 5 ish kun davomida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi;
3) Yoshlar ishlari agentligi tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda “Bir million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli tugatganligi haqidagi sertifikatga ega bo’lgan yoshlar kompyuter xaridi uchun shartnoma asosida ishlovchi do’kon topadilar;
4) Kredit rasmiylashtirish uchun AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB hamda AT “Aloqabank” laridan biriga murojaat qilishlari mumkin;
*Banklar tomonidan talab qilinadigan hujjatlar:
- Shaxsni tastiqlovchi hujjat(pasport);
- Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma;
- “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘quv kurslarini tugatganligi yoki IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lganligi to‘grisidagi sertifikat nusxasi;
- Vakil hamda uning tasdiqlovchi hujjat(pasport);
- Kompyuter yoki noutbuk xaridi uchun do‘kon bilan tuzilgan shartnoma nusxasi.
SHERMUHAMMAD O.
o'tgan oy
zoʻr
Sharh sizga foydali bo'ldimi?