ariza qoldirish uchun yetarli
marotaba foydalanilgan
Yig'im
30 kun mobaynida
1. Harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani;
2. Norezident bo‘lgan jismoniy shaxs uchun — pasportning ko‘chirma nusxasini;
3. Norezident bo‘lgan yuridik shaxs uchun — davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatning ko‘chirma nusxasini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
4. Bitim (harakat) taraflari (ishtirokchilari)ning ariza berilgan kundan avvalgi ikki yil davomidagi yoxud agar faoliyat ikki yildan kam muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat davomidagi faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni;
5. Bitim (harakat) taraflari (ishtirokchilari)ning o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotlari, bunda hisobotlar nazorat qiluvchi organga hisobotni topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumot bilan taqdim etilishi, chet tilidagi hisobotlar rasman davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim (chet el yuridik shaxslari tomonidan statistika hisobotlari talab etilmaydi);
6. Shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni, bunday shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga kirish asoslari ko‘rsatilgan holda maʼlumotlarni;
7. Shaxslar yoki bir guruh shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarining (ulushlarining) 25 foizdan ko‘prog‘iga bevosita yoki bilvosita egalik qilish orqali haqiqatda nazorat qiladigan jismoniy shaxslar — asosiy benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan bitim (harakat)larga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar
+998 (71) 207-47-00
1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi
2. Mazkur so‘rovnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha vakolatli organ bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish yoxud uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda qarorni QR-kod qo‘yilgan holda murojaatchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi
Baholashdi: 2
1
2
3
4
5
Sharhlar soni: 2
Qoraqalpogʻiston
ARSEN R.
3 oy oldin
класс
Sharh sizga foydali bo'ldimi?