Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

icon

Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish

2.7

12 daqiqa

ariza qoldirish uchun yetarli

842,828

marotaba foydalanilgan

Ushbu xizmat orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashning yangi tartibi doirasida uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga subsidiya olish uchun ariza berishlari mumkin.

Bepul

19 ish kuni mobaynida

Talab etilmaydi

Jismoniy shaxslar

a) qo‘yidagi hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda:

  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari;
  • oila a’zolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) nusxalari;
  • belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);
  • doimiy propiska joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
  • doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
  • Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).

b) taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;

v) taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

g) ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda;

d) mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to‘plaganda;
 ye) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila a’zolari (eri, xotini)ning takroriy murojaat etganda;

j) joriy yil uchun ajratiladigan subsidiyalar soni tugaganda;

z) ishtirok etuvchi bank tomonidan ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi) ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovga layoqatsiz deb topilganda;

i) ariza beruvchida kredit tashkilotlaridan oldingi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda.

+998 (71) 203-50-50 (01678. 01679. 01680)

Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi

Baho va sharhlar

2.7

Baholashdi: 5893

1

2

3

4

5

Sharhlar soni:

image

image

image