Xizmatdan foydalanish uchun siz xizmat turi, sana, aniq vaqt, notarial idora va boshqalar haqida ma’lumotni o’z ichiga olgan onlayn shaklni to’ldirishingiz kerak.
Arizani olgan notarial idora xodimlari barcha murojaatlarni “Notarial harakatlarni amalga oshirish murojaatlarini ro’yxatga olish jurnali”da ro’yxatga olishlari kerak bo’ladi.
Ushbu Nizom Adliya Vazirining 2014 yil 30 dekabrdagi buyrug’i bilan tasdiqlangan davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini tartibga solish tartibi to’g’risidagi nizomda ko’zda tutilgan. Nizomga ko’ra, ariza beruvchi notarial idora tomionidan, murojaati kelib tushgandan so’ng ko’pi bilan bir ish kuni muddatida qabul qilinishi kerak.
Notariusni belgilangan vaqtda arizachi qabulga kelmagan holatda qabul umumiy kelishilgan holatda yoki qabul kunini qayta belgilash orqali amalga oshiriladi. Belgilangan vaqtni boshqa shaxsga tayinlash mumkin emas.
MALIKAXON R.
3 hafta oldin
👍
Sharh sizga foydali bo'ldimi?