Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

icon

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya olish

4.81

10 daqiqa

ariza qoldirish uchun yetarli

658,607

marotaba foydalanilgan

  • Yig'im

  • Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 675000 so'm (1.8 BHM)

2 ish kuni mobaynida

a) yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun yuk tashish huquqiga lisenziya olishda - familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga hamda haydovchilik guvohnomasiga oid ma'lumotlar; faoliyatning lisenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko‘rsatilgan holda lisenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki lisenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

b) ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati yaratib berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi ma'lumotlar.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Сall markaz: 1167

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

1. Ariza beruvchi litsenziya olish uchun YIDXPda ro'yxatdan o'tadi, ariza to'ldiradi va vakolatli organga yuboradi;

2. Bir ish kunida transport vazirligi ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga mosligini o'rganadi va ariza beruvchiga davlat boji to'lash uchun invoys yuboradi;

3. Arizachi to'lov amalga oshirilgandan so'ng, transport vazirligi litsenziya rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboradi.

Baho va sharhlar

4.81

Baholashdi: 5223

1

2

3

4

5

Sharhlar soni:

image

image

image