ariza qoldirish uchun yetarli
marotaba foydalanilgan
Ushbu xizmat notarial oldi-sotdini tasdiqlash uchun elektron ariza yuborish imkoniyatini beradi. Bu bitimni tasdiqlash uchun pasport yoki bitim tuzayotgan tomonlarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, ko'chmas mulkka egalik qilish huquqini beruvchi ko'chmas mulkning kadastr hujjatlari taqdim etiladi.
Bepul
Elektron axborot ko‘rinishda
Ko‘chmas mulk
1 ish kuni ichida
Bitimni notarial tasdiqlash uchun elektron arizaning unikal raqami
-elektron arizaning noyob raqami;
-pasport yoki bitim tomonlarining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
-ko‘chmas mulkning kadastr pasporti;
-xususiylashtirilgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishda — ko‘chmas mulkni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalaridan (Toshkent shahrida — «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi» davlat unitar korxonasidan) olingan xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma;
-agar ko‘chmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan bo‘lsa — erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;
-agar ko‘chmas mulkning qurilishi tugallanmagan bo‘lsa — yer uchastkasiga hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma;
-agar ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa — garovga oluvchining roziligi;
-agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa — vasiylik va homiylik organining roziligi;
-yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va hokazolar);
-davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Yuridik va jismoniy shaxslar
+998 (71) 233-13-05
1. Arizachi YIDXPda elektron arizani to‘ldiradi so‘ng “Notarius” AATga yuboriladi;
2. “Notarius” AAT qarzdorlik mavjudligi yoki yo‘qligini avtomatik tarzda tekshiradi;
3. “Notarius” AAT qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirda” elektron arizaga noyob raqami beriladi;
4. Ariza beruvchi hamda bitimning boshqa tomoni notarial idoraga kelish va bitimni notarial tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etiladi;
5. Notarius ma’lumotlarni Qoraqalpg‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumandagi filialiga yuboradi.
Baholashdi: 197
1
2
3
4
5
Sharhlar soni: 35
яхши
зур
DOSTON S.
2 hafta oldin
yaxshi
Sharh sizga foydali bo'ldimi?