Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar topilishi;
birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.
GULNORA R.
2 kun oldin
👍
Sharh sizga foydali bo'ldimi?