Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

Chet ellik shaxslar uchun JSHSHIR

Chet elliklarni Yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish talab qilinadi.
Chet el fuqarolari JSHSHIRni davlat xizmatlari markazlariga hamda vaqtincha (ariza asosida beriladi) yoki doimiy (yashash guvohnomasini olayotganda beriladi) ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga borib olishlari mumkin.
JSHSHIRni davlat xizmatlari markazlari orqali olish. Zarur hujjatlar:
Pasport;
Oq fonda elektron shaklda fotosurat;
Ishonchnoma (agar JSHSHIR vakil orqali olinayogan bo‘lsa).
JSHSHIRni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari orqali olish. Zarur hujjatlar:
Pasport;;
Chet el fuqarosini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma.