Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

icon

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) ruxsatnomalarini olish

13 daqiqa

ariza qoldirish uchun yetarli

196

marotaba foydalanilgan

a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:

25 ish kuni;

120 kun (xalqaro shartnomalarga muvofiq radiochastotalarni xalqaro muvofiqlashtirish zarur boʻlganda).

b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:

5 ish kuni

a) Radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va oʻrnatish hamda qurish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun:

Arizaga quyidagi materiallar ilova qilinadi:

1) uskunaning toʻliq texnik tavsifi;

2) agar talabgor yuridik shaxs boʻlsa, radioelektron vositalarni roʻyxatga olish va undan foydalanish uchun masʼul shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi;

3) Radioelektron vositalarni joylashtirish koʻzda tutilgan obyektlar va inshootlar egalari bilan kelishish, agar talabgorning oʻzi bu obyektlar va inshootlarning egasi boʻlmasa;

4) yoʻldosh aloqa xizmatlarining yer stansiyalari uchun — Xalqaro elektraloqa ittifoqida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha zarur boʻlgan texnik parametrlar;

b) Yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:

texnik tavsifi ilova qilinadi.

Jismoniy va yuridik shaxslar

+998 95 340 41 07

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK

1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

2. Markaz hujjatlarni tahlil qilish, elektromagnit moslashuv ekspertizasi va radioelektron qurilmalar uchun radiochastota spektrining monitoringi, manfaatdor bo‘limlar bilan muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi.

3. Taqdim etilgan ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida kamchiliklar aniqlansa, markaz arizani ko‘rib chiqishni yakunlash zarurligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboradi.

Taqdim etilgan ma’lumotlar tahlilining ijobiy natijasi, elektromagnit moslashuv ekspertizasi va radiochastota spektri monitoringining ijobiy xulosasi, shuningdek manfaatdor bo‘linmalarning roziligi bilan markaz ruxsatnoma berish uchun ruxsatnoma yuboradi.

Elektromagnit moslashuv ekspertizasi va radiochastota spektrining monitoringi salbiy bo‘lsa yoki tegishli bo‘limlardan rad javobi kelib tushgan taqdirda, Markaz sababini ko‘rsatgan holda rad javobini yuboradi.

4. Ruxsatnomaning berilishi ma'qullangan taqdirda, ariza beruvchiga to'lov uchun invoys shakillantirilib beriladi.

5. To'lov amalga oshirilgandan so'ng ariza beruvchiga ruxsatnoma beriladi.

Baho va sharhlar

Sharhlar soni: 0