Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

icon

Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo'lgan mahsulotlarni import yoki eksport qilish ruxsatnomasini olishga ariza yuborish

4.97

14 daqiqa

ariza qoldirish uchun yetarli

19,100

marotaba foydalanilgan

  • Yig'im

  • Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 337500 so'm (0.9 BHM)

7 ish kuni mobaynida (Zarurat bo‘lganda 21 ish kuni mobaynida)

a) ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning importi yoki eksporti uchun bitim (shartnomalar, invoyslar va h.k.);

b) ozonni buzuvchi moddalarning utilizatsiyasi yoki tiklanishini amalga oshirgan ixtisoslashtirilgan tashkilotning yetkazib berilgan hajmlar ko‘rsatilgan holdagi maʼlumotnomasi (avval ishlatilgan va tiklangan ozonni buzuvchi moddalar O‘zbekiston Respublikasiga import qilinganda taqdim etiladi);

c) ruxsatnoma berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi haqidagi bank hujjati;

d) import qilinayotgan ozonni buzuvchi moddalarning tarkibi, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasining talabiga ko‘ra, eksportni amalga oshirayotgan mamlakat tomonidan berilgan litsenziyadan nusxa.

Jismoniy va yuridik shaxslar

+998 (71) 207-07-70 (1026, 7001)

Ishonch telefoni: 1157

1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2. Ekologiya qo‘mitasi 7 ish kun mobaynida ariza, xujjatlarni ko‘rib chiqadi va ruxsatnomani rasmiylashtiradi. Zarurat bo‘lganda 20 ish kun mobaynida arizachining ishtirokisiz tegishli mamlakatning vakolatli organlaridan ozonni buzuvchi modda va tarkibida u bo‘lgan mahsulotning arizachi tomonidan arizasida keltirilgan ma'lumotlarga muvofiqligi haqida qo‘shimcha xujjat va ma'lumotlar oladi. Hamda ozonni buzuvchi modda, tarkibida u bo‘lgan mahsulotni ko‘zdan kechirishni, asbob-uskuna yordamida o‘lchash, o‘rganish, boshqa baholashlarni o‘tkazadi;

Bundan tashqari ariza, xujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida moddalar yoki mahsulot tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud emasligi aniqlansa, bunda ruxsatnoma talab etilmasligi haqidagi tegishli xulosani rasmiylashtiradi;

3. Ekologiya qo‘mitasi 1 ish kun mobaynida ruxsatnoma yoki moddalar yoki mahsulot tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud emasligi va ruxsatnoma talab etilmasligi haqida xulosa rasmiylashtirilgan kuni uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi hamda DXMga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.

Baho va sharhlar

4.97

Baholashdi: 143

1

2

3

4

5

Sharhlar soni: 1

ASRORJON A.

5 oy oldin

Зур

Sharh sizga foydali bo'ldimi?

Foydali (0)
Foydasiz (0)